26 iyul kuni Toşkent şahar hokimligi hujjatlari töliq bölmagan 59 ta obektda qurilish işlari butunlay töxtatilgani, obektlar elektr ta’minotidan uzib qöyilganini ma’lum qilgandi. Şunga qaramay, hokimiyat aynan qaysi obektlar haqida gap ketayotganini oçiqlamagan edi.
29 iyulda Kun.uz'ning bu boradagi söroviga javoban, hokimlik matbuot xizmati: “Bulardan 2-3 tasi hujjatlarini töğrilab, faoliyatini tiklab böldi. Hozir nomlarini e’lon qilsak, panika bölib ketib, qurilish taşkilotlarining işbilarmonlik obrösiga putur yetadi, şunga çiqarmay turibmiz”, deya izoh berdi.
Hokimlik bugun, 30 iyul kuni qurilişi töxtatilgan taşkilotlarni onlayn tekşiriş imkoniyatini yaratdi. Bu – qurilişga oid murojaatlarning köpligi bilan izohlangan. Röyxat onlayn tarzda yangilanib bormoqda: kamçiliklarni bartaraf etgan quruvçi taşkilotlar röyxatdan çiqariladi, yangi aniqlangan taşkilotlar qöşiladi.
Onlayn röyxatdan tekşiriş uçun obekt egasining nomini kiritiş kerak. Kun.uz uşbu röyxatga kiritilgan taşkilotlar (şuningdek, jismoniy şaxslar ham bor) orasidan 55 tasining nomini aniqlaşga muvaffaq böldi.
Qurilişi töxtatilgan taşkilotlar:
- “AAA Construction House” MÇJ
- “Amirxöja Kapital Savdo” MÇJ
- “Aql Manbai” MÇJ
- “AZ Ruhdil Savdo” MÇJ
- “Bakhramov B Invest” MÇJ
- “Best Building Company” MÇJ
- “BMB Ishonchli Biznes” MÇJ
- “Central Park City” MÇJ
- “City Oil” MÇJ
- “Farxod Farovon Lyuks” MÇJ
- “Ferrobeton” MÇJ
- “Firdavs-business” MÇJ
- “Flower House Group” MÇJ
- “Gold Dream-House” MÇJ
- “Grand-Express-Service” MÇJ
- “Gratis-Buildings” MÇJ

















