Apple rasmiy akkaunti Samsung mahsulotini özi bilmagan holda reklama qilib qöyib, Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda şarmanda böldi. Gap şundaki, 30 iyul kuni Apple Support Weibo rasmiy akkauntida Samsunğning buklanuvçi Galaxy Z Flip 7 modeli videosi e’lon qilingan.

Xabar maksimal tezlikda öçirilgan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari buni tarqatib ulgurgan edi. Ayniqda, Xitoy platformalarida bu keng muhokamalarga sabab böldi.

Qanday qilib bu qöpol xato sodir bölgani noma’lum, katta ehtimol bilan notöğri kontent tasodifan yuklab yuborilgan.

Texnologiya olami tahlilçilariga köra, bu Apple uçun juda qöpol xato. Kompaniyaning uzoq vaqtdan beri çiqarilişi kutilayotgan buklanuvçi modeli haqida söz ketarkan, aynan şunday Samsung mahsulotining videosi çiqişi – kompaniya uçun açinarli holat. Hattoki, bu holat Apple Samsunğdan örganyapti, degan miş-mişlarning tarqaşiga sabab bölişi mumkin.

Iphone Fold – ya’ni buklanuvçi telefon 2026 yilning ikkinçi yarmida sotuvga çiqarilişi aytilgandi.

Eslatib ötamiz, Samsung Galaxy Z Flip 7 şu oy boşida taqdim etilgandi. Telefon, şuningdek, dizayndagi yaxşilanişlar, sun’iy intellekt asosida işlaydigan xususiyatlar va uzoqroq batareya quvvati bilan ta’minlaydi. Şu bilan birga özidan oldingi 1099 dollar boşlanğiç narxini saqlab qoladi.