Qonun bilan Özbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.

Kodeks suv, suv obektlari, suv xöjaligi obektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalaniş hamda ularni muhofaza qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kodeksga köra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalaniş lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Suvdan foydalaniş umumiy va maxsus foydalanişga bölinadi.

Suv obektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

- Özbekistonning yer usti va yer osti suv obektlari;

- Özbekistonda joylaşgan va uning hududini kesib ötadigan transçegaraviy yer usti va yer osti suv obektlari.

Suv obektlari tanho yoki birgalikda foydalanişda bölişi mumkin.

Suv resurslarini boşqarişda qarorlar qabul qiliş maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi şaklida suv kengaşlari taşkil etiladi.

Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengaşi taşkil etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy ötgaç kuçga kiradi.