AQŞ Ohayo ştatida 26 iyul kuni 1994 yildan beri saqlanayotgan embriondan rivojlangan çaqaloq dunyoga keldi. MIT Technology Review xabariga köra, Tadeus Deniel Pirs «eng keksa bola» sifatida rekord örnatdi, çunki ilgari heç qaçon ayollar 30 yoşli embrionni dunyoga keltirmagan.
Ona, 35 yoşli Lindsi Pirs sözlariga köra, tuğruq oğir keçgan, biroq hozir u va bola özini yaxşi his qilmoqda.

Lindsi va uning eri Tim Pirs hozir 62 yoşda bölgan Linda Arçerdning embrionini «asrab olgan». Qayd qilinişiça, Arçerd yoşligida homilador böla olmay, EKO amaliyotiga murojaat qilgan. Uning uçun törtta embrion yaratilgan. Natijada, Arçerd qiz farzandli bölgan. Qolgan uçta embrion muzlatilib, saqlab qöyilgan. Ammo ayol kelajakda farzandli bölişni istamagan va tuğiş yoşidan ötgaç, embrionlarni boşqalarga berişga qaror qilgan.

AQŞda bepuştlikdan aziyat çekayotgan er-xotinlarga embrionni «farzandlikka olişda» yordam beradigan bir neçta agentliklar faoliyat yuritadi. MIT Technology Review ta’kidlaganidek, ularning köpçiligi salbiy oqibatlardan qörqib, uzoq vaqt saqlangan embrionlarni qabul qilmaydi. Çunki ötgan ön yilliklarda embrionlarni saqlaş texnologiyasi mukammal emas edi. Bundan taşqari, naşrning yozişiça, «keksa» embrionlar «eritilganda» bola sifatida muvaffaqiyatli rivojlanişi ehtimoli kamroq.
«Farzandlikka oluvçilar»ni tanlaşda biologik onaning fikri ham inobatga olinadi. Masalan, Linda Arçerd embrionni AQŞ hududida yaşovçi va dindoş bölgan oilaga berişni istagan.












