Prezident Şavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik loyihalar böyiça axborot berildi.

«Iqtisodiyot rivojlanib, hayot sur’ati tezlaşgani sari transport aloqalariga talab ham oşaveradi. Toşkent şahriga avia yölovçilar oqimi 2030 yilda 15 millionga yetişi kutilmoqda. Lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Şahar içida joylaşgani sababli uni kengaytiriş imkoni ham yöq. 

Şu bois Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriş rejalaştirilgan. Bugungi kunda xususiy şeriklik böyiça xorijiy kompaniyalar takliflari körib çiqilmoqda», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Taqdimotda mutasaddilar uşbu yirik loyihaning barça jihatlari böyiça axborot berdi.

Sönggi yillarda yöl xöjaligiga ham katta mablağ ajratilib, yangi inşootlar barpo etilmoqda. Avtotransportlar harakatiga qulaylik yaratiş maqsadida muqobil yöllar qurilişi ham loyihalaştirilmoqda. Bu borada investorlarga jozibador muhit yaratiş uçun «Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun yangi tahrirda işlab çiqildi.

Şularga asoslanib, Toşkent bilan Samarqand örtasida muqobil tezyurar yöl quriş loyihasiga bir neça hamkor davlatlar kompaniyalari qiziqiş bildirgan.

Mutasaddilar ular bilan ötkazilgan muzokaralar natijalari va takliflari haqida hisobot berdi.

Davlat rahbari uşbu strategik infratuzilmalarni puxta öylab loyihalaştiriş va tezroq amaliy bosqiçga ötiş zarurligini ta’kidladi.