Xitoyda çikungunya epidemiyasini tarqatuvçi mayda çivinlarni yeyiş uçun ulkan «filsimon çivinlar» tabiatga qöyib yuborildi.
Çivin operatsiyasiga Guandundagi Sun Yatsen universiteti Çjunşan tibbiyot maktabining tadqiqot guruhi rahbarlik qilmoqda. Toxorhynchites splendens çivinlari odamlarni çaqmaydi, lekin çikungunya, denge, zika va sariq bezgakning asosiy taşuvçilari bölgan Aedes çivinlarini ovlaydi, deb yozdi Bloomberg.
Birgina Foşan şahrida uç hafta içida 6 mingdan ortiq kasallaniş holati qayd etilgan. Hukumat Covid-19 pandemiyasi bilan taniş bölgan usullarni qayta tiklamoqda: ommaviy PZR testlari, kasallanganlarni izolyatsiya qiliş va butun kvartallarni dezinfeksiya qiliş. Foşanda boşqa vosita ham qöllaniladi: çivin tuxumlari va liçinkalarini yeydigan 5 mingdan ortiq baliq şahar hovuzlari va daryolariga qöyib yuborildi. Qöşni Guançjouda rasmiylar barça 120 ta tuman uçun xavf xaritasini e’lon qildi va kuniga ikki marta insektitsid sepiş böyiça bir haftalik kampaniyani boşladi.
Çikungunya virusi faqat zararlangan urğoçi çivin çaqişi orqali yuqadi. Kasallik birinçi marta 1952 yilda Tanzaniyada aniqlangan va nomi kimakonde xalqi sözidan olingan bölib, «egilmoq» yoki «qiyşiq bölmoq» degan ma’noni anglatadi - böğimlardagi kuçli oğriqlar tufayli bemorlarning yurişi şunday tasvirlanadi. Virusning inkubatsiya davri odatda ikki kundan yetti kungaça davom etadi.
Kasallik tösatdan boşlanadi - yuqori harorat va böğimlarda kuçli oğriqlar paydo böladi, ular şu qadar kuçli bölişi mumkinki, harakatlaniş qiyinlaşadi. Köpinça muşaklarda oğriq, boş oğriği, toşmalar, köngil aynişi va qusiş kuzatiladi. Virus kamdan-kam hollarda ölimga olib kelişiga qaramay, böğimlardagi oğriqlar kasallikning ötkir bosqiçidan keyin haftalab, ba’zan oylab davom etişi mumkin, bu esa bemorning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Çikungunya uçun maxsus davolaş usuli mavjud emas. Davolaş simptomatik xarakterga ega bölib, oğriqni kamaytiriş va haroratni tuşirişga qaratilgan.












