BMT boş kotibi Antoniu Guterriş dengizga çiqiş yöli bölmagan rivojlanayotgan davlatlar uçinçi konferensiyasida iştirok etiş uçun Turkmanboşi şahriga keldi. Bu haqda Turkmaniston davlat teleradiosi xabar berdi. 

Xabarga köra, BMT boş kotibini Turkmanboşi xalqaro aeroportida Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib olgan.

BMTning uçinçi konferensiyasida dengizga çiqiş yöli bölmagan rivojlanayotgan davlatlar hamda BMTga a’zo boşqa davlatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, moliyaviy institutlar, qonunçilik organlari, jamoat birlaşmalari rahbarlari va xususiy sektor iştirok etadi. 

Konferensiya 5-8 avgust kunlari Ovoza turistik zonasida ötkaziladi. Anjuman doirasida köplab siyosiy-diplomatik uçraşuvlar va savdo-iqtisodiy munozaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.