Germaniya Taşqi işlar vazirligi Vladimir Putin 1994 yilda – «Rossiya çegaralari heç qayerda tugamaydi» degan maşhur iborani aytişidan va Ukrainaning beşdan bir qismini bosib olişidan ança oldin Rossiya hududi tuşunçasini keng talqin qilganidan dalolat beruvçi hujjatni oşkor qildi. Uning 1994 yildagi bayonotiga köra, u nafaqat Qrim va şarqiy Ukrainani, balki Qozoğistonning şimoliy qismini ham Rossiyaga tegişli deb hisoblaydi.
1994 yilda Vladimir Putin Germaniyaning Sankt-Peterburgdagi boş konsuliga Qrim, Ukraina şarqi va Qozoğiston şimolini Rossiyaning bir qismi deb hisoblaşiga işora qilgan. Konsulning xizmat eslatmasi Germaniya Taşqi işlar vazirligining 1994 yildagi hujjatlari bilan «Germaniya taşqi siyosati hujjatlari»ning yangi jildida çop etilgan. Der Spiegel jurnali kitob bilan tanişib çiqdi.
Xizmat xatiga köra, 1994 yil 14 yanvarda Putin Germaniya boş konsuliga «Qrim, Ukraina şarqi va Qozoğiston şimoli Rossiya uçun heç qaçon begona bölmagani, ular har doim Rossiya davlatining bir qismi bölgani» va «heç bir rossiyalikka endi bu çet el ekanini tuşuntirib bölmasligi»ni aytgan. Gap göyoki nemislar tuşunişi qiyin bölgan qandaydir milliy tuyğu haqida ketmoqda, deya qöşimça qilgan Putin. U bu haqda birinçi marta gapirayotgani yöq, deb ta’kidlaydi boş konsul öz maktubida.
Agar, deb davom etgan Putin, ruslarning Ukraina va Qozoğistondagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli qoniqarli bölsa, unda «muammo yöq». Ammo uning öşa paytdagi bahosiga köra, holat bunday emasdi – va bu odamlarni Vladimir Jirinovskiy kabi öng populistlarga jalb etgan. Putin Ğarbdagilar aslida «Rossiya manfaatlarining oqlangan himoyasi» bölgan narsani «rus imperializmi» deb atamasligi kerakligini qöşimça qilgan.
1991–1995 yillarda GFRning Sankt-Peterburgdagi boş konsuli diplomat Eberxard fon Putkamer edi, u olti yil oldin vafot etgan. Vladimir Putin 1994 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg merining örinbosari va şahar taşqi aloqalar qömitasi rahbari bölgan.
Putinning öşa paytdagi rahbari Anatoliy Sobçak (keyinçalik Putin uni ustoz va döst deb atagan) 1992 yilda SSSR parçalanganidan keyin uning ta’sisçi respublikalari sovetlardan oldingi çegaralarga qaytişi kerakligini, «qolgan hududiy yutuqlar esa muhokama mavzusi» ekanini aytgan. Sobçak Qrim Ukrainaniki bölib qolişini «bema’nilik» deb atagan va Ukraina öz armiyasini yaratişiga tösqinlik qilişi kerakligi, aks holda u «uni albatta işga tuşirişi»ni ta’kidlagan.














