Dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça BMT konferensiyasi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi.
Global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, şu jumladan BMT Boş Assambleyasining bölajak 80-yubiley sessiyasini ötkaziş masalalari körib çiqildi.
Şu ma’noda, Özbekiston yetakçisi Boş kotibning xalqaro tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, BMT va uning asosiy institutlarini zamonaviy voqelikka moslaştiriş maqsadida isloh qiliş borasidagi taşabbuslarini qat’iy qöllab-quvvatladi.
Özbekiston bilan BMT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, Antoniu Guterrişning ötgan yil iyul oyidagi mamlakatimizga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda 160 ta qöşma dastur va loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sönggi bir neça yilda Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Joriy yilda Taşkilotning asosiy tuzilmalari va institutlari, jumladan, BMT-Xabitat va YUNISEF rahbarlari Özbekistonga keldi, Toşkentda «BMT-Ayollar» tuzilmasining vakolatxonasi oçildi.
Davlat xizmati masalalari böyiça forum birgalikda ötkazildi. Samarqand şahrida YuNeSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Markaziy Osiyoda integratsiyani çuqurlaştiriş, Afğonistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, qöşma dastur va loyihalarni kengaytirişga tayyor ekanini ta’kidladi.












