Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni, Turkmanistonga taşrifi davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş masalalariga bağişlangan maxsus tadbirda iştirok etdi.

Tadbirda Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğiston prezidenti Qosim-JömartTöqayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi - prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev,  Ozarboyjon boş vaziri Ali Asadov, şuningdek, rasmiy delegatsiyalar a’zolari va jamoatçilik vakillari qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, Toşkent şahrida bölajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlikning asosiy jihatlari körib çiqildi.

Davlat rahbari Özbekistonning uşbu formatdagi raisligi doirasida birgalikda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida ma’lumot berdi. Xususan, yil boşida Raislik konsepsiyasi va Qöşma tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Xavfsizlik kengaşlari kotiblari, maxsus xizmatlar rahbarlari, sanoat, energetika, suv xöjaligi va ekologiya vazirlarining uçraşuvlari, media va yoşlar forumlari ötkazildi.

Yil yakuniga qadar parlamentlararo forum, mudofaa, savdo va transport vazirlarining uçraşuvlari, madaniy-gumanitar tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Mintaqaviy şeriklikning yangi kun tartibini şakllantiriş va uning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlaş maqsadida uçraşuvning konseptual hujjatlari tayyorlanmoqda.

Toşkent sammiti doirasida Özbekiston tomoni siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, iqtisodiy kooperatsiyaning yangi drayverlarini işga tuşiriş, çegaraoldi savdoni köpaytiriş böyiça qator taşabbuslarni ilgari suriş niyatida ekani ta’kidlandi. Suv va energetika sohalarida, transport jihatidan özaro boğliqlikni kengaytiriş hamda iqlim özgarişi böyiça amaliy hamkorlik masalalari diqqat markazida böladi.

Ozarboyjon tomonining uçraşuvlarda iştirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda mintaqa davlatlari Ozarboyjon bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Savdo, transport, "yaşil" energetika sohalarida qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.