Özbekiston fuqarosi Ukrainadagi uruşda iştirok etgani uçun «Yollaniş» moddasi böyiça 4 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi. Bu haqda sud hukmiga tayanib TASS xabar berdi.

Iş materiallariga köra, 24 yoşli yigit 2024 yil oktyabr oyida Rossiyaga işlaş uçun ketgan, söngra şu oyda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy şartnoma imzolagan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 154-moddasi (Yollaniş) 1-qismi bilan aybdor deb topdi.

«Tört yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlansin», deyiladi hukm matnida.

Özbekiston qonunçiligida yollaniş uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan.