Joriy yilning birinçi yarmida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan 986 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 358 nafariga jarima jazosi, 628 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllandi.

Oliy sud xabariga köra, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 4 952 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 3 200 nafariga jarima jazosi, 1 752 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllandi.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 231 nafar şaxs sudlanib, ularning 65 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 166 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) bilan 99 nafar şaxs sudlanib, ularning 24 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 75 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.