Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida ona öz qiziga tan jarohati yetkazdi. Holat yuzidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida holat 25 oktyabr kuni sodir bölgani aniqlangan. 1990 yilda tuğilgan M.J. 2015 yilda tuğilgan qizi B.A.ning qöl va yuz qismiga oşxonada qizigan kapgirni bosgan. Oqibatda B.A.ga tan jarohati yetkazilgan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda B.A. tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilib, unga şifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar körsatilmoqda.

Qöşimça qilinişiça, Şofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan onaga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maişiy) zöravonlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.