Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 avgust kuni Xarkiv oblasti şimolida joylaşgan Vovçansk şahridagi batalyonga taşrifi yakunlari böyiça postida uruşda Rossiya safida qatnaşayotgan Özbekiston fuqarolari ham borligi haqida yozdi.
Prezident öz taşrifida komandirlar bilan frontdagi vaziyat, Vovçansk mudofaasi va janglar dinamikasi haqida suhbatlaşgan.
«Dronlar bilan ta’minlaş va ulardan foydalaniş, askar yollaş hamda brigadalarni bevosita moliyalaştiriş masalalari alohida muhokama qilindi. Uşbu yönalişdagi jangçilar Xitoy, Tojikiston, Özbekiston, Pokiston va Afrika mamlakatlaridan kelgan yollanma askarlar ham uruşda iştirok etayotganini qayd etdi. Munosabat bildiramiz», – dedi Zelenskiy.
Ma’lumot uçun, Rossiya qöşinlari 2024 yil mayidan buyon Vovçansk şahrini egallaş uçun hujum qilib kelmoqda. Bu şahar Rossiya çegarasiga 5 km masofada joylaşgan.
Uruşdagi özbekistonliklar
2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlangan ilk kunlardayoq özbekistonliklar frontda köriniş bergandi, xususan, Rossiyaga öqiş uçun borgan yoş yigitlar qölida qurol bilan Ukraina hududiga kirganida asir tuşgandi.
BBC suriştiruviga köra, Özbekistonning kamida 66 fuqarosi Rossiya-Ukraina uruşida Rossiya tomonida qatnaşib halok bölgan. Ularning aksariyati Rossiyadagi qamoq jazosini «nollaştirişga» urinib, «Vagner» XHK bilan şartnoma tuzgani ma’lum bölgan.
Ukrainaning «Xoçu jit» (Yaşaşni istayman) davlat loyihasi 2025 yil aprelida uruşda iştirok etiş uçun Rossiya qurolli kuçlari bilan şartnoma imzolagan 1110 nafar özbekistonlik röyxatini e’lon qilgandi. Ulardan kamida 109 nafari halok bölgan.
Xuddi şu loyiha 2025 yil iyulida Ukrainadagi xorijiy harbiy asirlar soni böyiça Özbekiston 33 davlat orasida birinçi örinda ekani haqida xabar qildi. Asirlikdagi özbekistonliklar soniga aniqlik kiritilmagan. Ötgan vaqt davomida harbiy asirlar almaşuvi doirasida biror marta Özbekiston fuqarolari asirlikdan qaytarilmagan.
Şuningdek, 2025 yilda Rossiya kamida 902 nafar özbekistonlikni uruşga yollagani aytilgan. Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini ötayotganlarni tahdid va ruhiy bosim orqali uruşga jalb qilişayotgani qayd etilgan.
«Umid qilamizki, Özbekiston hukumati buni anglab yetadi va Rossiyaning xatti-harakatlariga qat’iyroq munosabatda bölib, öz fuqarolarining hayotini asraydi», – deya qöşimça qilgan loyiha.

















