“Avto Climate Control” MÇJ ustav kapitalidagi davlat uluşi xususiylaştirildi, deya xabar berdi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi matbuot xizmati.

Davaktivga köra, Avto Climate Control'dagi davlat uluşini sotib olişga 4 ta kompaniya qiziqiş bildirgan, ulardan 3 tasi majburiyatga ega takliflar yöllagan. Xususiylaştiriş jarayoniga konsultant sifatida Portfolio Investmens jalb etilgan.

Yakunda 230 mlrd söm miqdoridagi eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan “Best Pipe and Pars” AJ savdo ğolibi deb topilgan.

Xaridor sotib oliş tölovining dastlabki 35 foizini 1 oy davomida amalga oşiradi. Şu bilan birga, aktivning asosiy faoliyat turini 10 yildan kam bölmagan muddat davomida saqlab qoliş, mahsulotlarning lisenziati bölgan General Motors kompaniyasi (AQŞ) bilan litsenziya kelişuvlariga qat’iy rioya qiliş şartlarini ham qabul qilgan.

“Best Pipe and Pars” AJ haqida

Xaridor – “Best Pipe and Pars” AJ 1996 yilning iyul oyida röyxatga olingan. Faoliyat turi – avtotransport vositalari uçun boşqa butlovçi qismlar va aksessuarlar işlab çiqariş. Ustav fondi – 297 mln söm.

Kompaniyaning aksiyadorlari quyidagilar:

  • UzAuto Korea – 42,3 foiz;
  • UzAutoComponens – 24,44 foiz;
  • Dongwon Metal – 24 foiz;
  • Salima Toşqöziyeva – 9,26 foiz.

Best Pipe and Pars 2025 yil fevral oyida “Avtokomponent” MÇJning 98,8 foiz uluşini 105 mlrd sömga sotib olgandi.