Belgilarsiz «soqov» yöllar, «tonirovka» masalasi, yöl harakati iştirokçilaridagi stresslar, ölim holati kuzatilgandan keyingina ayrim köçalarda svetoforlarning örnatilişi, YPX xodimlarining istalgan holatni sudga oşirib yuborişi holatlari haqida Kun.uz advokat va yöl harakati faoli Kamoliddin Baxavadinov bilan cuhbat uyuştirdi.
— Özbekistonda yöl infratuzilmasi, yöl belgilari bilan boğliq holat qanday?
— Biz oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşişni boşlasak, nimadir özgaradi. Ammo biz hali buni boşlamadik. Körayotgan, eşitayotgan voqealarimiz hali ham oqibatlar bilan öralaşib yurganimizni körsatyapti. YTHlar yuz berişida asosiy omillardan biri yöl infratuzilmasi hisoblanadi. Qoidalar, belgilar risoladagidek bölsa-da, infratuzilma qoniqarsiz bölsa, qonli statistika böyiça yetakçi örinlarda bölaveramiz.
Infratuzilma masalasi doim dolzarb bölgan. Yöl belgilari qaysidir ma’noda haydovçi bilan gaplaşadi. Xöş, yöllar «soqov» bölsa-çi? Yaqinda Angren şahriga borib keldim. Mobil ilovalar orqali yetib oldim manzilga, yöl belgilari yetarli emas edi çunki. Mobil ilovalardan foydalanişda haydovçining e’tibori bölinadi. Yölda esa soniyalar muhim rol öynaydi, bunday holatda esa e’tibor bölinişi yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin. Belgilar bölmagan yölda haydovçi katta xavotir bilan harakatlanadi, bosim böladi.
«Soqov» yöllarda haydovçi qiynaladi va bir neçta jarima bilan manzilga boradi, çunki qayerda nima qiliş kerakligini, nima borligini bilmaydi u. Qoidaga amal qilişni talab etişdan oldin öşa qoidalarni risoladagidek körsatib bera olişlari kerak.

— Toşkent şahriga kirib keluvçi yöllarda yöl belgilari yöq. Agar mobil ilovalardan foydalanmasa, bilmagan haydovçi manzilni topib borolmaydi. Aeroport yoki vokzallarga yönaltiruvçi belgilarni körmaysiz, şu sabab ham yöl belgilari masalasini oçdik.
60 km tezlik va «tonirovka» masalasiga töxtalsak. Bu borada allaqaçon qarorlar qabul qilingan, amaliyotda qöllanyapti. Xöş, buning natijalari qanday bölyapti?
— Tezlik masalasi juda bahsli holat. Bir neça davlatlar tajribasini örganib çiqdim. 60 km/s tezlik belgilangan bölsa-da, 80 kmdan oşgandagina jarima çorasi qöllanadi. Demak, oraliq oğiş tezligi 20, bizda esa bu 5. Özi nima uçun oraliq oğiş tezligi kerak? Çunki bunda baribir inson omili böladi va tezlik pedalini bir xilda bosolmaydi kişi, tezlik özgarib turadi. Bizdagi oraliq oğiş tezligi 5 km/soatni uşlab turiş qiyin, köpçilikka şuning ortidan jarimalar kelyapti.













