Yangi infeksiya öçoği – ön million kişi yaşovçi Foşan şahrida kasallanganlar şifoxonalarda haşoratlardan himoyalovçi törlar bilan öralgan koykalarga yotqizilgan – ular bir hafta davomida yoki tahlillarida virus aniqlanişi töxtaguniga qadar şunday joylarda saqlanadi.
Çikungunya virusi çivinlar orqali tarqaladi. U isitma hamda böğimlarda kuçli oğriq keltirib çiqardi, alomatlar ba’zan yillar davomida yöqolmasligi mumkin.
Şu bilan birga, virus odamdan odamga yuqmaydi – uning taşuvçisi faqat çivinlar hisoblanadi. Ya’ni, virusga çaliniş uçun uni yuqtirib olgan odamni çaqqan çivin çaqişi kerak böladi.
Xitoy rasmiylarining xabarlariga köra, hozirça Çikungunyaga çalingan bemorlarning barçasida yengil şakldagi simptomlar kuzatilmoqda va bemorlarning 95 foiziga bir hafta içida javob berib yuborilmoqda.
Şunga qaramay, köpçilikka notaniş virusning paydo bölişi Xitoyda biroz vahima uyğotdi.
Çikungunya epidemiyalari Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyoda, şuningdek, Afrikada tez-tez uçraydi, ammo Xitoyda bungaça bu qadar keng tarqalmagandi.
Uni birinçi marta 70 yil oldin Tanzaniyada uçratişgan va mahalliy tildagi «makonde» iborasi böyiça nomlangan, bu taxminan «buraliş» degan ma’noni anglatadi.
Çikungunya bilan kasallaniş Foşandan taşqari Guandunning yana kamida 12 şahrida qayd etilgan. Ötgan hafta davomida 3 mingga yaqin holat röyxatga olingan.
Duşanba kuni qöşni Hongkongda birinçi zararlaniş holati qayd etildi: iyul oyida Foşanda bölib qaytgan 12 yoşli bolada isitma, toşma va böğimlardagi oğriqlar boşlandi.

Guandun hukumati yangi infeksiya tarqalişini töxtatiş uçun qat’iy çoralar körişini ma’lum qildi.
Fuqarolardan şunga öxşaş alomatlar paydo bölganda zudlik bilan eng yaqin şifoxonaga borib, virus bor-yöqligini tekşiriş söralgan.
Hokimiyat suv havzalarini tozalaydi, uylarda, masalan, gul tuvaklari yoki qahva maşinalarida töplanib qolgan suvni çiqarib taşlaşni buyurdi va buyruqqa amal qilmaganlarga 10 ming yuan (1400 dollar)gaça jarima soliş bilan tahdid qildi. Turğun suvda çivinlarning liçinkalari yaşaydi.












