AQŞ Adliya vazirligi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olişda yordam beradigan ma’lumot uçun mukofotni ikki baravarga oşirdi - 25 million dollardan 50 million dollargaça. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti xabarida aytilgan.

Bayonotga köra, Maduro ön yildan ortiq vaqtdan beri AQŞda giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi uçun mas’ul bölgan «De Los Soles» kartelining yetakçisi hisoblanadi.

2020 yilda AQŞ Maduro va uning ittifoqçilariga qarşi giyohvand moddalar savdosi böyiça ayblovlarni ilgari surgan edi.

Maduro bir neça bor Amerikaning da’volarini tuhmat deb atab, ayblovlarni rad etgan va Vaşington giyohvand moddalarni iste’mol qilişni kamaytirişga köproq e’tibor qaratişi kerakligini aytgan.

Qöşma Ştatlar Maduroning 2024 yilgi prezident saylovidagi ğalabasini noqonuniy deb hisoblaydi va uni hibsga oliş uçun order bergan. Venesuela yetakçisi 2013 yildan buyon uşbu lavozimda işlab kelmoqda va mamlakat saylov organlari va oliy sudi tomonidan iyul oyidagi saylovda ğolib deb e’lon qilingan. Biroq ovoz beriş jarayonining batafsil bayonnomalari heç qaçon e’lon qilinmagan.