“Oyligimni oşirişmayapti!” – bu oddiy noliş emas, xodimlar va iş beruvçilar örtasida tez-tez uçraydigan holat. Lekin buni faqat şikoyat yoki kutiş bilan hal qilib bölmaydi. Uşbu maqolada bu holatning sabablari va unga yeçimlar haqida qisqaça töxtalib ötamiz.
Köpçilik xodimlar bir joyda, uzoq yillar davomida, sodiqlik bilan işlagan bölsalar-da, oylik özgarmayotganidan şikoyat qiladilar. Iş beruvçi esa köp hollarda buni “daromadlar yetarli emas”, “xarajatlar katta”, “hozir vaqti emas” degan sözlar bilan izohlaydi. Bu esa ikki tomonlama tuşunmovçilik, norozilik va iş samaradorligini tuşişiga olib keladi.
Muammo ikki tomonlama vujudga kelişi mumkin:
Iş beruvçi tomonidan. U xodimning öz ustida işlayotgani, bilim va könikmalarining oşgani, kompaniyaga qöşayotgan real qiymatini baholay olmasligi, körmasligi mumkin.
Ikkinçidan, xodimning sukuti yoki hisob-kitobning yöqligi. Xodim öz qadrini isbotlaş, özgarişlarni muloqot orqali yetkaziş örniga sukut saqlaydi yoki “bozordagi örni”, ya’ni öşa sohadagi mehnat narxi haqida aniq ma’lumotga ega emas.
Umumiy olganda, oylikni oşirişning ikki yöli bor: “Köproq” yoki “Yaxşiroq”.
“Köproq” – iş hajmini oşiriş. Bunda, xodim köp iş qilgan sayin kompaniya daromadiga köproq hissa qöşadi va öz-özidan oyligi oşadi. Iş soatidan taşqari işlaş, dam oliş kunlari ham iş bilan band böliş oylikning yuqorilaşuviga sabab bölsa ham lekin, haddan taşqari yuklama sifat va soğliqqa zarar yetkazadi, işga bölgan iştiyoqni pasaytiradi.
“Yaxşiroq” – sifatli, murakkab, noyob vazifalarni bajara oliş. Bu köproq işlaşdan köra afzalroq, çunki bunda hajm emas, qiymat muhim.
Xodim “yaxşiroq” işlaş orqali maoşini köpaytirişi uçun:
- murakkab muammolarga yeçim taklif qilişi;
- hamkasblar va mijozlar bilan ijobiy munosabat örnatişi, liderlik qilişi;
- kompaniyaga real foyda keltiradigan loyihalarda qatnaşişi;
- KPI orqali natijalarini körsatişi mumkin.
Xodim yuqoridagi kabi “yaxşiroq” işlayotgan bölsa-da, maoşida özgariş sezmasa, iş beruvçi bilan konstruktiv muloqotga kirişişi maqsadga muvofiq.
Yangi könikmalarni (dasturlaş, dizayn, boşqaruv, til) egallaş, sohaga oid yangiliklarni (tendensiyalar, metodikalar) özlaştiriş, ijtimoiy tarmoqlarda professional faoliyat (portfolio, blog, loyiha taqdimoti) yuritiş kabilar xodimning mehnat bozoridagi qiymatini oşiradi











