Avstraliya BMT Boş assambleyasining sentabr oyida bölib ötadigan yiğilişida Falastinni davlat sifatida tan oladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.

Bunday qaror Avstraliya Falastin ma’muriyatidan olgan majburiyatlarni hisobga olgan holda qabul qilindi, dedi Albaneze 11 avgust kuni bölib ötgan brifingda.

Uning ta’kidlaşiça, qaror Avstraliya hukumatining prezident Mahmud Abbosdan kelgusida Hamas Falastin davlatida heç qanday rol öynamasligi haqida va’da olganidan keyin qabul qilingan.

«Bu Avstraliya prezident [Mahmud] Abbos va Falastin ma’muriyatidan talab qilgan va olgan majburiyatlardan biridir», – deya ta’kidladi u.

U «ikki davlat tuziş töğrisidagi qaror insoniyatning Yaqin Şarqdagi zöravonlik zanjirini uziş va Ğazo sektoridagi mojaro, azob-uqubat va oçlikka çek qöyiş uçun eng yaxşi umidi» ekanini ta’kidlagan.

2024 yil may oyi oxirida Yevropaning uçta davlati – Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya rasmiylari Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Öşa paytda BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi, jumladan, Rossiya va Xitoy Falastin davlatini rasman tan olgandi.

Iyul oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentabr oyida bölib ötgan BMT Boş assambleyasi yiğilişida uning mamlakati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olişini aytdi. Şuningdek, «Katta yettilik»ning yana ikki mamlakati – Kanada va Buyuk Britaniya ham şunday yöl tutiş arafasida.

Isroil va uning asosiy ittifoqçisi – AQŞ Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanadaning Falastinni tan oliş qarorini tanqid qildi.