9 va 10 avgust kunlari Çeçeniston dronlar hujumiga uçradi, deb ma’lum qildi respublika rahbari Ramzon Qodirov.
«Şyolkovskiy va Nadtereçniy tumanlarida ikkita uçuvçisiz uçar qurilma aniqlandi. Har ikki jism öz vaqtida aniqlandi va havo hujumidan mudofaa vositalari yordamida yöq qilindi. Jarohatlanganlar va vayrongarçiliklar bölmadi», — deb yozdi u öz Telegram kanalida.
Har ikki tuman respublika şimolida Stavropol ölkasi, Şimoliy Osetiya va Doğiston çegaralarida joylaşgan.
Rossiya mudofaa vazirligi respublikada urib tuşirilgan dronlar haqida ma’lumot bermadi. Vazirlik ma’lumotiga köra, 10 avgustga ötar keçasi Stavropol ölkasida 8ta dron yöq qilingan.
Çeçenistonda oxirgi marta ötgan yilning 12 dekabrida dronlar hujumi qayd etilgandi.











