Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida bir hafta içida çikungunya bezgagiga çaliniş bilan boğliq 1387ta yangi holat qayd etildi, deb ma’lum qildi kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş mintaqaviy markazi.
Kasallik yuqtirganlarning katta qismi (1 212 kişi) Foşan şahrida, 103ta holat Guançjou provinsiyasi ma’muriy markazida aniqlangan.
Hududda profilaktika çoralari kuçaytirilgan, virus taşuvçi çivinlarni yöq qiliş işlari olib borilmoqda.
Xitoyda bezgakka çaliniş bilan boğliq holatlar soni 8 mingdan oşdi. Bundan taşqari, denge bezgagiga çaliniş bilan boğliq 100dan ortiq holat aniqlangan.
Hozirda çikungunya bezgagiga qarşi dori yoki vaksina yöq. Kasallik kutilmaganda boşlanadi – harorat keskin kötarilib, qaltiroq bosadi, böğimlarda oğriq paydo böladi. Aedes aegypti va Aedes albopictus turlariga mansub çivinlar uşbu kasallikni taşuvçilar hisoblanadi.











