Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 80 yilligiga bağişlangan tadbir iştirokçilariga murojaat yölladi.
“Birlaşgan Millatlar Taşkiloti öz oldiga qöygan vazifalarni bajarişda davom etişi uçun jiddiy islohot zarur. Köplab yillar davomida Falastin xalqi çekayotgan uqubatlar qarşisida barçamiz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti global adolatni tamsil etuvçi platforma bölişi uçun mas’ulmiz”, - dedi Turkiya yetakçisi.
U BMTning barça a’zolarini taşkilotga asos solinganligining 80 yilligi bilan tabrikladi.
Erdöğan BMT taşkil etilgan 1945 yildan buyon “global tinçlik va xavfsizlik, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş” kabi maqsadlarni amalga oşirişda sezilarli muvaffaqiyatlarga erişilganini ta’kidladi.
Rajab Toyyib Erdöğan öz murojaatida Turkiya BMTning barça islohotlarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.











