Samarqand şahar tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasida 80 yoşli otaxonning 3 kilogrammga yetgan buqoği operatsiya orqali olib taşlandi. Bu haqda Kun.uz’ga birlaşma boşliği Ahmadjon Bobojonov ma’lum qildi.

“Biz bemorda “gigant tugunli notoksik buqoq” deb ataladigan juda kam uçraydigan patologiyani aniqladik. Asosiy sabab – uzoq yillik yod yetişmovçiligi. Bu holatlarda qalqonsimon bez hayotiy funksiyalarni qiyinlaştirib qöyadi va bemor faqat operatsiya yordamida soğayişi mumkin.

Bunday murakkab jarayonda har bir millimetr muhim. Biz nafaqat tugunlarni olib taşlaşimiz, balki bemorning hiqildoq nervlari va qon-tomirlarini asrab qolişimiz kerak edi. Operatsiya muvaffaqiyatli ötdi. Bemor qisqa vaqt içida öziga kelib, nafas olişi va yutinişi yengillaşdi”, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Ahmadjon Bobojonov. 

Hozirda bemor töliq soğaygan va şifokorlar tavsiyasiga muvofiq yengil muolajalarni davom ettirmoqda.