Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Maskning Starlink interneti Qozog‘istonda rasman ishga tushdi
Qozog‘istonliklar sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i orqali uzatiladigan yuqori tezlikdagi va ishonchli internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
13 avgustdan boshlab Qozog‘istonda Starlink kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh interneti rasman ishga tushdi. Bu haqda kompaniya ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
Shuningdek, ma’lumotni Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ham tasdiqladi.
«2025 yil 13 avgustdan boshlab Starlink kompaniyasi Qozog‘iston Respublikasi hududida sun’iy yo‘ldosh interneti xizmatlarini taqdim etishni rasman boshlaydi. Buning natijasida mamlakat aholisi SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink past orbitali sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi va ishonchli internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi», deyiladi vazirlik xabarida.

12 iyun kuni vazirlik va Starlink kompaniyasi internet xizmatini ko‘rsatishda Qozog‘iston qonunchiligiga rioya qilish majburiyatini belgilovchi shartnomani imzolagan edi.
Ta’kidlash joizki, Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX tarkibiga kiruvchi Starlink kompaniyasi texnologiyasi hatto eng chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ham barqaror ulanishni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
16:26 / 12.06.2026