AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning 15 avgust kuni Alyaskada bölib ötişi rejalaştirilgan uçraşuvi Ankorij şahridagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida bölib ötadi. Bu haqda CNN telekanali Oq uyning nomi oşkor etilmagan ikki rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Manbalarga köra, dastlab Oq uy Rossiya yetakçisi va uning hamrohlari Amerika harbiy obekti hududida qabul qilinişini istamagan. Biroq, Alyaskada hozir sayyohlik mavsumining eng yuqori çöqqisi, şu tufayli uçraşiş uçun mos joylar deyarli qolmagan.

Oq uy rasmiylari Juno, Ankorij va Ferbenksda muzokaralar ötkaziş variantlarini körib çiqqaç, faqat Ankorij prezidentlar uçraşişi mumkin bölgan potensial obektga ega degan qarorga kelgan.

«Taşkilotçilar katta ştatda sammit ötkaziş uçun munosib joy Ankorij böladi, degan xulosaga keldi. Faqat şaharning şimoliy çekkasida joylaşgan Elmendorf-Riçardson bazasi tarixiy uçraşuvni ötkaziş uçun qöyilgan talablarga javob beradi», deb ta’kidladi telekanal.

Bir kun avval Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Tramp va Putin örtasidagi muzokaralar 15 avgust kuni Ankorijda bölib ötişini tasdiqlagan, biroq uçraşuv joyi haqida aniq ma’lumot bermagan edi.

Uning ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti Ukrainadagi «uruşga barham berişga qat’iy qaror qilgan». Levitt sözlariga köra, «prezident uçun bu uçraşuvning maqsadi - biz harbiy harakatlarga qanday barham berişimiz mumkinligini yaxşiroq tuşunişdir».