Buyuk Britaniya hukumati jazirama va qurğoqçilik sababli yuzaga kelgan suv tanqisligi ortidan suvni tejaş böyiça tavsiyalarni e’lon qildi. Tomʼs Hardware naşri hukumat suvni tejaş uçun aholiga eski elektron yozişmalarni öçirib taşlaşni tavsiya qilganiga e’tibor qaratdi.

Qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça milliy guruh ayni paytdagi vaziyatni “milliy ahamiyatga ega favqulodda holat” deb atadi. Beşta regionda rasman qurğoqçilik e’lon qilingan, Angliyaning aksariyat daryo va suv omborlaridagi suv sathi pasayişda davom etmoqda. Independent naşrining qayd etişiça, Buyuk Britaniyada 2025 yilning birinçi yarim yilligi 1976 yildan buyon kuzatilgan eng qurğoqçil davr böldi.

Buyuk Britaniya hukumati saytida suvni tejaş böyiça tavsiyalar e’lon qildi. Hukumat aholiga, xususan:

  • duş qabul qiliş vaqtini kamaytiriş;
  • unitazlardagi suv sizişini bartaraf etiş;
  • yomğir suvlarini töplaş uçun bak örnatiş va undan suğorişda foydalaniş,
  • çimlarni suğormaslik;
  • ma’lumotlar markazlarida sovitiş tizimlari uçun yirik miqdorda suv talab qilingani sababli eski elektron maktublar va fotosuratlarni öçirib taşlaşni tavsiya qilgan.

Tomʼs Hardware naşrining qayd etişiça, eski yozişma va fotosuratlarni öçirib taşlaşga oid tavsiyadan ma’no yöq, çunki ma’lumotlar markazlarining asosiy xarajati ma’lumotlarni saqlaş emas, protsessorlar işlaşi bilan boğliq. Naşrning yozişiça, şuningdek, fayllarni qidiriş va öçiriş qöşimça hisoblaş operatsiyalarini talab qiladi, bu esa öz navbatida, qöşimça energiya va suv iste’moliga olib keladi. Şu tarzda, hukumatning bu tavsiyasi aks ta’sir berişi mumkin.

“Biz hozirgi qurğoqçilik şaroitida joriy etilgan çeklovlarga rioya qilayotgani uçun jamoatçilikka minnatdorlik bildiramiz. Jömrakni yopib yuriş yoki eski yozişmalarni öçiriş kabi oddiy kundalik amallar talabning kamayişi va daryolarimiz hamda yovvoyi tabiatni saqlab qoliş borasidagi sa’y-harakatlarimizga hissa qöşadi”, — dedi atrof-muhitni saqlaş agentligining suv resurslari böyiça direktori va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça milliy guruh raisi Xelen Ueykxem.