Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği 2 nafar fuqaroni haydovçi sifatida işga qabul qilinganidan foydalanib, göyoki ularning işga kirişida kömaklaşganini rökaç qilib, 6 ming AQŞ dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor şaxs Şahrisabz tuman FVB ma’muriy binosida 3,5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farğona viloyati, Marğilon şahri Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boş mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy şerikçilik asosida boğça oçişi uçun vazirlikda işlovçi tanişlari orqali ruxsatnoma olib beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan uşlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.