AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritişni istamaydi, unga diplomatiya muhim, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Fox News telekanali efirida.
Vaşington Moskvaga qanday bosim ötkazişi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, Livitt "prezident zarur hollarda qöllaşi mumkin bölgan vositalar köp"ligini aytdi.
Şu bilan birga, u Tramp kelgusida qöyadigan yoki qöymaydigan qadamlari haqida oldindan aytmasligini ta’kidladi.
"U doim bu nizoni tugatiş uçun birinçi navbatda diplomatiya va muzokaralardan foydalanişini aytib keladi, u ertaga aynan mana şuni rejalaştirgan. Agar kerak bölsa, prezident qöllaşi mumkin bölgan sanksiya va çoralar ham bor. Lekin bu uning şunday qilişni xohlayotganini bildirmaydi", - dedi Livitt.










