Qozoğiston hokimiyatida endi oilaviy-uruğçilik tizimi yöq, dedi respublika prezidenti Qosim-Jömart Töqayev öqituvçilarning Avgust konferensiyasida.

«Bugun biz bir yoqadan boş çiqarib, butun xalq bölib, adolatli, toza va kuçli Qozoğistonni barpo etmoqdamiz. Millatning yangi sifatini şakllantiriş uçun biz muhim islohotlarni boşladik. Bu keng kölamli va murakkab iş bölib, unda sezilarli natijalarga erişildi. Siyosiy tizim töliq yangilandi, yangi iqtisodiy yönaliş belgilab olindi. Jamiyatimiz özgarmoqda, fuqarolarning ongi va tafakkuri özgarmoqda. Davlat xizmatida meritokratiya tamoyili qaror topmoqda. Hokimiyatda endi oilaviy-uruğçilik tizimi yöq. Lavozimga tayinlaşda birinçi navbatda bilim va professionallik hisobga olinadi», dedi Töqayev 15 avgust kuni.

Uning ta’kidlaşiça, bugungi kunda Qozoğistonda erkinlikni sevuvçi va fikrlovçi avlod ösib kelmoqda.

«Qonun va tartibni hurmat qiliş barqaror tamoyilga aylanmoqda. Bir söz bilan aytganda, Qozoğiston öz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqiçiga qadam qöydi. Biroq şuni tuşuniş kerakki, özgarişlarni e’lon qiliş yetarli emas, ularni mustahkamlab qöyiş ham muhimdir. Buning uçun odamlarning ongini yangilaş kerak», deb ta’kidladi prezident.