Farğona viloyatidagi bojxona postlaridan birining boşliği 5 ming dollar va 1 dona telefonni pora sifatida olayotganida qölga olindi.
«Farğona viloyatidagi çegara-bojxona postlaridan birining boşliği öz xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroning Qirğiziston respublikasidan olib kelgan 80 dona Iphone-16 rusumli uyali telefon apparatlarini tegişli rasmiylaştiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy ötkazib bergani evaziga 5000 AQŞ dollari hamda 1 dona Iphone-16 Pro telefon apparati talab qilgan», – deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi uşbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.

















