Uçraşuvda 2025 yil davrida hamkorlikda amalga oşirilgan loyihalar tahlil qilinib, joriy va 2026 yilda loyihalarni şakllantiriş maqsadida hamkorlik yönalişlari belgilab olindi.

“Ilğor xalqaro tajriba asosida va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda davlat xaridlarida işlab çiqaruvçi korxonalar, şu jumladan, kiçik biznes sub’yektlarini tizimli qöllab-quvvatlaş böyiça tegişli dastur işlab çiqiş, davlat xaridlari tizimining samaradorligi va natijadorligini kompleks tahlil qiliş borasida ekspert örganişlarni taşkil etiş, davlat xaridlarida şartnomalarni boşqariş tizimini samarali joriy etiş maqsadida xorijiy tajribani örganiş va bu borada xalqaro ekspertlar kömagini jalb qiliş böyiça loyihalarni şakllantiriş belgilab olindi”, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabarida.

Şuningdek, muzokaralar davomida davlat xaridlari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlaş masalasiga e’tibor qaratildi.  

Şu bilan birga, suhbat doirasida davlat xaridlarini boşqariş va nazorat qiliş tizimlari, monitoring mexanizmlarini takomillaştiriş, korrupsiyaga qarşi çoralar köriş va oldini oliş strategiyalari, markazlaşgan xarid tizimini samarali joriy etiş, sun’iy intellekt asosida xarid jarayonlarini avtomatlaştiriş hamda «yaşil» xarid amaliyotlarini ommalaştiriş mavzulari muhokama qilindi.