Bozor kayfiyati. Yevropa bozorlarida savdolar aralash yakunlandi. AQSh fond bozoridagi muddatli shartnomalar pasaydi. Osiyo indekslari esa ko‘proq ijobiy savdo ko‘rsatdi. Investorlar sulh ehtimolini inobatga olib, xavf omillarini qayta baholashmoqda. Bu ehtiyotkor kayfiyat qisqa muddatli tebranishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mudofaa sektori. Muzokaralardan qat’i nazar, Yevropa harbiy korxonalarining aksiyalari o‘sishda davom etdi. Rheinmetall 2,8 foiz, Hensoldt va Renk 4 foiz, Leonardo 2,1 foiz, BAE Systems 2,3 foiz, Babcock esa 3,4 foizga ko‘tarildi.
Oltin narxi ikki haftalik past darajadan ko‘tarildi. AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari daromadi pasaygani va Trampning Zelenskiy hamda yevropalik yetakchilar bilan uchrashuvi oldidan investorlarning ehtiyotkorona harakati narxni qo‘llab-quvvatladi.
Spot gold 0,4 foizga oshib, unsiyasi $3,348.59 bo‘ldi. AQSh fyucherslari esa $3,394.90 darajaga ko‘tarildi. Narx dastlab pasaygan bo‘lsa-da, $3,330 atrofida xaridorlar kirib kelib, qiymatni tikladi.
AQSh 10 yillik obligatsiyalari daromadliligi ikki haftalik yuqori ko‘rsatkichlardan pasaydi. Bu oltin uchun ijobiy bo‘lib, yuqori daromadli obligatsiyalardan farqli ravishda foiz bermaydigan oltinga talabni oshirdi.










