Eron Isroil bilan 12 kunlik uruşdan söng, birinçi harbiy maşğulotlarni boşladi, deb xabar berdi Euronews.

Eron harbiylari tomonidan e’lon qilingan videolarda harbiy-dengiz kuçlari kemalari Ömon körfazi va Hind okeanidagi dengiz nişonlariga raketalar uçirayotganini köriş mumkin. Sabalan raketa kreyseri va Ganaveh esminetsi Nasir qanotli raketalarini uçirib, nişonlarga muvaffaqiyatli zarba berdi. Şuningdek, kemalarga qarşi Qadir raketasi sinovdan ötkazildi.

«Barqaror kuç 1404» deb nomlangan maşğulotlar yaqinda yakunlangan mojaro fonida bölib ötmoqda, unda Isroil Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari, yadroviy obektlar va boşqa strategik muhim obektlarga jiddiy zarba bergan edi.

Aniqlik kiritilişiça, manyovrlarda suvusti va suvosti kemalari, aviatsiya, qirğoq va dengiz raketa tizimlari, şuningdek, Hind okeani şimoliy qismi va Ömon körfazidagi radioelektron kuraş bölinmalari iştirok etmoqda.

Eronning 18 mingga yaqin harbiy-dengiz kuçlari Bandar-Abbos portida joylaşgan bölib, Ömon körfazi, Hind okeani va Kaspiy dengizi havzasini nazorat qiladi. Fors körfazi Hurmuz böğozi bilan birgalikda, odatda, öz dengiz bölinmasi bilan Islom inqilobi qöriqçilari korpusi nazorati ostida böladi.

Mudofaa vaziri brigada generali Aziz Nosirzodaning ta’kidlaşiça, Eron öz qurolli kuçlarini duşmanning ehtimoliy tajovuzkor harakatlarini samarali qaytarişga qodir yangi raketalar bilan ta’minlagan.