Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada «Shimoliy oqim» gaz quvurini portlatishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u quvurlarga portlovchi qurilmalarni joylashtirgan ukrain maxsus bo‘linmasi harakatini muvofiqlashtirgan.
Italiyada «Shimoliy oqim» gaz quvurini portlatishda gumonlanayotgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi.
Nemis OAVning xabar berishicha, Sergey K. chorshanba kuni Rimini tumanida ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sergey K. quvurlarga portlovchi qurilmalarni joylashtirgan ukrain maxsus bo‘linmasi harakatini muvofiqlashtirgan. G‘avvoslar qo‘poruvchilik ishida soxta hujjatlar orqali ijaraga olingan «Andromeda» parusli yaxtasidan foydalanishgan.
Gumonlanuvchi sud qilish uchun Germaniyaga yuboriladi.
2022 yil sentabrda «Shimoliy oqim»ning to‘rtta quvuridan uchtasi portlatib yuborilgandi.
Mavzuga oid
09:31 / 02.07.2026
«Shimoliy oqim» diversiyasi: Ukraina fuqarosi qamalishi mumkin
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026