Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Oreşnik» raketasi bilan Bankovaya köçasiga (Kiyevdagi Ukraina prezidenti ofisi joylaşgan köça) zarba beriş taklifiga rozi bölmagan, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko.

«Insayder ma’lumoti. Rossiyada kimlardadir şunday ğoya bor edi. Kimligini aytmayman. Putin bu taklifga «aslo» deb javob berdi. Ular zarba berişga tayyor edilar. Agar «Oreşnik» bilan zarba berilganida, ularning ta’biri bilan aytadigan bölsak, qaror qabul qiliş markazlaridan nom-nişon qolmasdi», — dedi Lukaşenko.

Avvalroq Lukaşenko 2025 yil oxiriga qadar Belarus hududida «Oreşnik» raketa majmuasini joylaştiriş rejalaştirilganini aytgandi.

«Oreşnik» — örta masofaga möljallangan ballistik raketa. Uning maksimal parvoz masofasi 5500 km, tezligi 10 Max (soatiga 12,4 ming km) bölib, 900 kilogaça yadro zaryadini taşişi mumkin.