Eron Isroil hujum qilgan taqdirda unga javob qaytarişga tayyor, dedi Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondoni Muhammad Pakpur. Bu haqda Mehr agentligi xabar bermoqda.
"General Pakpur Eron harbiylari yangi hujumlar bölgan taqdirda Isroilga yanada vayronkor zarba berişga töliq tayyor holatda ekanligini aytdi", - deyiladi agentlik xabarida.
13 iyun kuni Isroil Eron yadroviy dasturini yöq qiliş uçun bu mamlakatga hujum qilgan, bunga javoban Eron Isroilga zarbalar bergandi.
22 iyun kuni esa AQŞ Eronning uçta yadroviy obektiga raketa zarbalari berdi. Keyinroq Eron va Isroil sulh tuzdi.












