Şavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida farmon imzoladi.
Faxriy unvon, orden va medallar öz egalariga «mustaqillikni mustahkamlaş, öz iste’dodi, xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltiriş, yoş avlodni tarbiyalaş yölidagi köp yillik samarali xizmatlari va boşqa xizmatlari uçun» berilgan.
Taqdirlanganlar orasida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ham bor, unga «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni berildi. Xorazm, Andijon viloyatlari va Toşkent şahri boş imom-xatiblari, şuningdek, poytaxtdagi «Minor» masjidi imom-xatibiga «Imom Buxoriy» ordeni taqdim qilindi.
Aktyor va aktrisalar Karim Mirhodiyev, Saida Rametova va Tohir Sayidov «Özbekiston Respublikasi xalq artisti», xonanda Jahongir Foziljonov «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» bölgan, badiiy söz ustasi Mirzatilla Xolmedov «Mehnat şuhrati» ordeniga, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov esa «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» unvoniga loyiq körildi.
Bundan taşqari, badiiy gimnastika böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» unvoni, boks böyiça Özbekiston terma jamoasi katta murabbiysi Rahmatjon Rözioxunov, aktrisa Yulduz Rajabova, Ahrorjon Usmonov va Lola Yöldoşeva «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Töliq röyxat:
«Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan
- Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam öğli – Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
«Imom Buxoriy» ordeni bilan












