Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sano şahridagi energetika obektlariga qator zarbalar berdi. Bu haqda Al Masirah telekanali xabar qildi.

Telekanalning ma’lumot berişiça, Isroil Sanodagi prezident saroyi yaqinida joylaşgan harbiy lager, Yemen Petroleum Company (YPC) kompaniyasining yonilği töldiriş stansiyasi hamda “Haziz” elektrostansiyasiga aviazarbalar bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hujumlar oqibatida ikki kişi halok bölgan, beş kişi yaralangan.

Öz navbatida, husiylar axborot xizmati rahbarining örinbosari Nasruddin Amir Isroil hujumining katta qismi qaytarilganini bildirdi.