Iordaniya podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn prezident Şavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Samarqand xalqaro turizm markazidagi «Boqiy şahar» tarixiy-etnografik majmuasini borib kördi.
Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandçilik va amaliy san’atini aks ettiruvçi körgazmalarni tomoşa qildi. Raqs jamoalarining çiqişlari namoyiş etildi.
Bu yerda xalq buyuk ötmişi ramzlari töplangan, tarixiy şaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an’analarimiz bilan birga döst xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Ta’kidlanişiça, bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyğunligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.




Özbekiston-Iordaniya sammitining asosiy tadbirlari, şu jumladan oliy darajadagi muzokaralar 26 avgust kuni bölib ötadi.












