Nizom Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5-11-sinflarda ta’lim beriladi. 

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7-11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1-4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Ta’lim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12-24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.

O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishki ta’tilda 15 kun, yozgi ta’tilda 45 kun, jami 60 kunlik o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.