Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Madaniy meros sohasidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.
Xususan, prezidentning "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:
- moddiy madaniy meros obektini Moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastriga kiritish va chiqarish;
- Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish;
- arxeologiya obektlarini Arxeologiya obektlari davlat katalogiga kiritish yoki undan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
Mazkur davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Davlat kadastri respublika hududida joylashgan barcha moddiy madaniy meros obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat kadastrida axborot alifbo-raqamli (matn, jadvallar, ro‘yxatlar) va chiziqli-grafik (raqamli-grafik chizmalar, rejalar, sxemalar, uch o‘lchamli modellar, qirqimlar va o‘lchamlar) shakllarda yuritiladi.
Davlat kadastri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- moddiy madaniy meros obektlarining geografik joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- moddiy madaniy meros obektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisoblash.
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obektlarni davlat kadastriga kiritish yoki undan chiqarish:
- davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obektlariga nisbatan – mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflari asosida;
- yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan madaniy meros obektlariga nisbatan – yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025