Iordaniya podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand şahrining uluğvor tarixiy obidalari bilan tanişdi.

Davlat rahbarlari avval Şohi Zinda majmuasiga taşrif buyurdi. Ta’kidlanişiça, bu yerda Muhammad payğambar sahobalaridan biri Qusam ibn Abbos va boşqa arboblarning maqbaralari bor. Majmuaning tarixiy, madaniy va badiiy ahamiyati şundaki, u me’morçilik va bezak san’atining bir neça asr davomidagi taraqqiyotini aks ettiradi. Şohi Zinda 2001 yilda YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Iordaniya podşohi Qusam ibn Abbos xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Amir Temur maqbarasi ziyorati çoğida Iordaniya delegatsiyasiga uning davlatçilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida sözlab berildi. Ta’kidlanişiça, sohibqiron hayoti va faoliyati, uning davlati öz davrining eng ulkan mamlakati bölgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Davlat rahbarlari Mirzo Uluğbek, Şerdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasini ham ziyorat qildi. Asrlar davomida bu obidalar ilm-fan markazi bölgan, yuzlab olim va tadqiqotçilarni yetiştirgan. Özining mukammal joylaşuvi va uyğunligi tufayli Registon haqli ravişda Samarqandning «taşrif qoğozi» hisoblanadi.

Tanişuv çoğida oliy martabali mehmonga uşbu inşootlarning bunyod etiliş tarixi va naqşlarining öziga xos jihatlari, maydonda olib borilgan restavratsiya işlari haqida ma’lumot berildi.