Özbekistonda foydalanişda bölgan avtomobilni foydalanişda bölgan boşqa avtomobilga almaştiriş – “Trade-up” dasturi yölga qöyiladi. 22 avgust kuni bu borada hukumat qarori qabul qilindi.

Bunga qadar, foydalanişda bölgan avtomobilni ustiga pul tölab, yangisiga almaştiriş – “Trade-in” dasturi joriy etilgandi.

Har ikki holatda ham jismoniy yoki yuridik şaxs distribyutor yoki diler taşkilotiga minilgan avtomobilni sotayotganda, oldi-sotdi bitimini notarial rasmiylaştiriş talab etilmaydi. Şu bilan birga, er (xotin)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik xati kerak böladi.

Qonunçilikda bu tuşunçalarga quyidagiça izoh berildi:

  • “Trade-in” – ilgari foydalanişda bölgan avtomototransport vositasini yangi avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni tölagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almaştiriş;
  • “Trade-up” – ilgari foydalanişda bölgan avtomototransport vositasini ilgari foydalanişda bölgan avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni tölagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almaştiriş.

Şuningdek, qonunçilikda distribyutorlar va dilerlar tuşunçasi ajratildi:

  • distribyutor taşkiloti – Özbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qiliş böyiça işlab çiqaruvçi bilan tegişli distribyutorlik kelişuviga ega yuridik şaxs;
  • diler taşkiloti – Özbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qiliş böyiça distribyutor taşkiloti yoki işlab çiqaruvçi bilan tegişli dilerlik kelişuviga ega yuridik şaxs.

Avvalroq yengil avtomobillarni sotuvçi rasmiy dilerlar röyxati e’lon qilingandi.