Iordaniya podşohi Abdulla II ibn Al-Husaynning Özbekistonga davlat taşrifi nihoyasiga yetdi.
25 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev va Abdulla II Samarqandning diqqatga sazovor joylariga taşrif buyurdi. 26 avgust kuni bölib ötgan samarali muzokaralarda hamkorlikni rivojlantirişning ustuvor va istiqbolli yönalişlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişga kelişildi.
Tadbirlar yakunlangaç, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Şavkat Mirziyoyev kuzatib qöydi.

Şu bilan davlat rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toşkentga qaytdi.












