O‘zbekiston | 15:33 / 27.08.2025
2014
2 daqiqa o‘qiladi

Probatsiya nazoratini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.

"Probatsiya to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq probatsiya nazorati – quyidagilarga yo‘naltirilgan faoliyat:

muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxslar, shartli hukm qilingan shaxslar va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish;
ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabat bo‘lishni shakllantirish, sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlash;
ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish.

Yo‘riqnomada probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralari, intizomiy jazolar va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash nazarda tutilgan. Xususan, ko‘rsatilgan shaxslarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanadi:

  • tashakkurnoma e’lon qilish;
  • yorliq bilan taqdirlash;
  • ilgari qo‘llangan intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin olib tashlash;
  • sud tomonidan belgilangan cheklovlarni (taqiqlarni) va majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish.

Rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi to‘g‘risidagi masala probatsiya xizmati tomonidan har yili kamida ikki marta, shuningdek Mehnat kodeksida belgilangan bayram kunlari munosabati bilan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, hujjatda quyidagi tartiblar belgilangan:

  • probatsiya nazoratidagi shaxslarni hisobga olish;
  • quyidagi tarzdagi jazo ijrosini tashkil etish:
  • muayyan huquqdan mahrum qilish;
  • majburiy jamoat ishlari;
  • axloq tuzatish ishlari;
  • ozodlikni cheklash;
  • shartli hukm qilinganlar ustidan nazorat;
  • probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish.

Mavzuga oid