Suhbat çoğida Özbekiston va Pokiston örtasidagi strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş, harbiy hamkorlikning ustuvor yönalişlari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş, yuzaga kelayotgan tahdidlarni birgalikda bartaraf etiş mexanizmlari muhokama qilindi.

General ikki tomonlama hamkorlikni barça yönalişlarda kengaytiriş zarurligini alohida qayd etdi. U umumiy tarix, din, madaniyat va an’analar ikki qardoş xalq örtasidagi işonç va özaro anglaşuvni mustahkamlaşning muhim omili ekanini ta’kidladi.

Sahir Şamşad Mirza, şuningdek, Transafğon temiryölini barpo etiş loyihasiga alohida töxtalib, mazkur strategik loyiha Janubiy va Markaziy Osiyo örtasidagi özaro boğliqlikni ta’minlaşda hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini aytib ötdi.

 – Kobul şahrida Transafğon temiryöli qurilişining texnik-iqtisodiy asoslarini moliyalaştiriş böyiça imzolangan uç tomonlama hadli bitimni olqişlayman, – dedi u. – Pokiston tomoni Özbekiston rahbariyatining bu yönalişdagi taşabbuslarini kelgusida ham faol qöllab-quvvatlaydi.

Muloqot davomida ikki davlat örtasidagi gumanitar va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga e’tibor qaratildi. Toşkentdan Islomobod va Lahorga töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani ikki xalq örtasidagi yaqinlaşuvning yaqqol misoli sifatida qayd etildi.

Iqtisodiy hamkorlik masalalariga töxtalar ekan, general Özbekiston va Pokiston rahbarlari tomonidan savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça qöyilgan vazifani samarali bajariş uçun kömaklaşişga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar 2025 yilga möljallangan qöşma reja muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini qayd etdi, kadrlar tayyorlaş sohasidagi hamkorlik doirasida ofitserlar uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida Pokiston tomoni Özbekiston bilan harbiy, harbiy sanoat, harbiy ta’lim, mintaqaviy xavfsizlik va Transafğon temiryöli loyihasini ilgari suriş böyiça keng qamrovli maslahatlaşuvlarni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.