Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni «Toşkent-Şarqiy» aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib kördi.
Biznes aviatsiyasi uçun möljallangan aeroport qurilişi 2017 yilda boşlangan edi. Aeroportning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. 4 kilometr uzunlikdagi uçiş-qöniş yölagi va 3 ta harakatlaniş yöli yangilanib, eng oğir samolyotlarni ham qabul qiliş quvvatiga ega böldi. 20 ta havo kemasiga möljallangan perron barpo etildi. Boeing 787, Airbus A320 kabi samolyotlar, biznes-jyetlar hamda vertolyotlar uçun angarlar qurildi.

Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etildi. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib oliş, muzokaralar va brifing ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yölovçini qabul qiliş quvvatiga ega CIP terminalida dökon va ovqatlaniş joylari böladi.
Aeroport ICAO III-A toifasidagi ilğor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo şaroitlarida ham uçiş va qöniş imkonini beradi.

Ta’kidlanişiça, yangi aeroport qulay joylaşuvi tufayli poytaxt va Yangi Toşkent şahri uçun muhim transport xabiga aylanadi. Xalqaro taşriflar va işbilarmonlik safarlarini amalga oşiriş imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlar uçun şaroitlar yaxşilanadi. Natijada iqtisodiy aloqalar va xizmat körsatiş sohasi yanada rivojlanib, yangi iş örinlari yaratiladi.
Davlat rahbari şu yerda jamoat faollari, keksalar bilan suhbatlaşdi.

– Köp yil tayyorgarlik qilib, mana şunday aeroport qurdik. Bu ham davlatçilikning yana bir zamini. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat körsatiladi. Natijada Toşkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillaşadi. Xudo xohlasa, u aeroport uçun ham boşqa joyda ulkan majmua qurişni rejalaştirganmiz. Umuman, hamma hududlarimizda katta-katta loyihalarni boşlaganmiz. Ilohim, tinçligimizga köz tegmasin, yangi inşootlar, farovonlik xalqimizga buyursin, dedi prezident.

















