Salqin havo bilan boşlanadigan sentabr keyinroq mintaqaga issiq tölqinlarni olib keladi. Kuz davomida antitsiklonlar yuz berib, sentabrda oxirida yoğinli kunlar kutilyapti. La-Ninyo ta’siri sabab, sentabr-oktyabr oylari me’yor va me’yordan biroz issiqroq, noyabr esa salqin keçişi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Qozoğistondan ötişi kutilayotgan keng masştabli antitsiklonning bir çekasi respublika territoriyasidan ötib, kunduzgi havo haroratini +30...+35 darajagaça bölişini, tungi haroratning esa +15, toğlarda +10 darajagaça pasayişini ta’minlaydi.

Sentyabrning 4-sanalaridan havo harorati yana kötarilib borib, respublikaning katta qismida +35...+38 darajagaça – odatiy sentabr boşiga xos iqlimiy vaziyatni tuhfa etadi. Oy örtalarida ikki-uç kunlik issiq havo tölqini hududlarga ta’sir etadi. Oyning uçinçi dekadasigaça respublika böylab deyarli yoğingarçilik bölmasligi kutilyapti. Uçinçi dekadaga kelibgina kuzgi yoğinlarga guvoh bölişimiz mumkin.

Kuzni prognoz qilişdan oldin, Tinç okeani markazidagi El-Ninyo va La-Ninya hodisalari şakllanişiga e’tibor qaratamiz. Ayni kunlarda Tinç okeani markazida okean suvi harorati köp yillik iqlimiy me’yordan 1 daraja pasayib, passiv La-Ninya tabiatini ulaşmoqda. Bu kabi holatlarda mintaqamizda kuz oylarida u qadar köp yoğin bölmagan. Ammo, Samarqand, Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va vodiy viloyatilari böylab kuz uçun biroz köproq yoğinlar tuşişi mumkin.

La-Ninyo faol davrlarda mintaqada kuzgi antitsiklonal jarayonlarning faolliligi azaldan ortgan. Demak, umumiy kuz mavsumi u qadar issiq bölmasligini taxmin qilişimiz mumkin. Ötgan 8 oylik kuzatuvlarda Özgidrometning köplab stansiyalarida 2021 yil oylariga mos harorat rejimi takrorlandi. Şu asosda fikr yuritsak, sentabr va oktyabr oylari harorat böyiça me’yor va me’yordan biroz yuqori, noyabr esa salqin bölişi kutilmoqda.