Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning uçraşuvi bölmaydi, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers.
«Albatta, ötgan hafta prezident Tramp va prezident Putin örtasida uçraşuv bölganidek, prezident Zelenskiy va prezident Putin örtasidagi uçraşuvgaça iş yetib bormaydi», dedi u.
Mers boşqa tafsilotlarga töxtalmadi, uning bayonoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bölgan uçraşuvda yangradi.
Avvalroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin Zelenskiy bilan uçraşişga tayyorligini, ammo buning şarti borligini ta’kidlagan edi: oliy darajada körib çiqilişi kerak bölgan barça masalalar oldindan hal etilişi kerak.
Mers bayonoti Kiyevga Rossiyaning tungi zarbalaridan keyin yangradi. 27 avgustdan 28 avgustga ötar keçasi va 28 avgust kuni ertalab şaharda ikki marta havo trevogasi e’lon qilindi. Şahar ma’muriyatining ma’lum qilişiça, tungi portlaşlar tufayli transport harakati qisman töxtatilgan, poytaxtda esa yonğinlardan çiqqan tutun tarqalgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, 19 kişi halok bölgan.












